Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yoshlarni zaharlayotgan dorifurush DXX tomonidan qo‘lga olindi

Yoshlarni zaharlayotgan dorifurush DXX tomonidan qo‘lga olindi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi, 1992 y.t. shaxsning Yangihayot tumanidagi ijaradagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 16249 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam “Telegram” messenjeri orqali savdo qiluvchi shaxs tomonidan Sergeli tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu dori vositalarini olib, kelgusida mijozlarga sotganidan so‘ng, narkosavdogarga 16 ming AQSh dollari berishi kerak bo‘lgan.

“Zardeks” dori vositalari tarkibida “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 818-son qaroriga muvofiq, “Pregabalin” moddasi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar turkumiga kiradi.

Hozirda dorifurush fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakati olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:06 14.07.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!