“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (267-son, 29.06.2023 y.) qabul qilindi
Qaror bilan 2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Konsepsiyada belgilangan tadbirlar quyidagi 5 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqich (3–7 yosh);
2️⃣-bosqich (7–10 yosh);
3️⃣-bosqich (11–17 yosh);
4️⃣-bosqich (18–21 yosh);
5️⃣-bosqich (22–30 yosh).
Qarorga ko‘ra, jumladan, quyidagilar amalga oshiriladi:
mahallalardagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Ezgu amal” saxovat karvonlari tashkil etiladi;
“Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi;
Yoshlar o‘rtasida 4 bosqichda (mahalla – tuman – viloyat – respublika) “Shunqorlar” hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi.