Farg‘onalik bir guruh nuroniy otaxonlar velosipedda Surxondaryoga yo‘l oldi.
Nuroniylar Termiz shahrigacha bo‘lgan qariyb ming kilometrlik masofani bosib o‘tadi.
Shu munosabat bilan shaharning “Samo” sport majmuasida velomarafonga start berildi, nuroniylar esa tantanali ravishda kuzatib qo‘yildi.