Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida yana bir kun ortda qoldi. Unda yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Oltin medal:
-72 kg: Ahmad Qodirov
Kumush medal:
-67 kg: Fayozbek Eshmirzayev
-82 kg: Azimjon Soatullayev
Bronza medal:
-60 kg: Xurshidbek Normuhammedov
Shu tariqa, musobaqada jami 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘argan "klassik" kurashchilarimiz umumjamoa hisobida Eron va Qirg‘iz Respublikasidan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.