Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi!

Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi!

Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning bugungi bellashuvlari ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi.

Qizlar o‘rtasida +70 kg vazn toifasida kurashgan Umida Nig‘matova barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni kiritdi.

Shu tariqa, musobaqada 5 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘argan dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi!

Dasturga ko‘ra ertaga aralash jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Kiritildi: 21:52 30.08.2025. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!