Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yopiq savdo: Dehqonobod kaliy zavodi orqali xususiy qo‘llarga o‘tdimi?

Yopiq savdo: Dehqonobod kaliy zavodi orqali xususiy qo‘llarga o‘tdimi?

128 million dollar mablag‘ hisobidan qurilgan Dehqonobod kaliy zavodi qarzlar evaziga xususiy sektorga o‘tgani ma’lum bo‘ldi. Ilgari ob’ekt xalqaro bozorda ochiq savdo orqali sotilishi rejalashtirilgan edi, ammo amalda bunday jarayon o‘tkazilmadi.

Zavodning xaridori sifatida 9 oy oldin ro‘yxatdan o‘tgan va ustav fondi 19,6 million so‘mni tashkil etuvchi “Asian Chemical Group” MCHJ qayd etilgan. Kompaniyaning qariyb 51 foiz ulushi OV Industrial Investments L.L.C-FZ'ga, qolgan 49 foizi esa “New Industrial Technologies” MCHJga tegishli. Tashkilot rahbari sifatida Valiullin Ilgiz Azatovich ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, “New Industrial Technologies” 2022 yilda O‘zbekistondagi yirik to‘lov operatorlaridan biri — Uzpaynet'ning 100 foiz ulushini sotib olgan. 2025 yil yanvarida esa Paynet kompaniyasi Humo to‘lov tizimi ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini 65 million dollarga xarid qilgan.

Kiritildi: 23:05 09.08.2025. O'qildi: 1575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!