Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yolg‘on axborot tarqatgan shaxslar 22 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin

Yolg‘on axborot tarqatgan shaxslar 22 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin

25 dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan ayrim kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunga ko‘ra, agar tarqatilgan yolg‘on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, jumladan, OAVlarda yoki internet tarmog‘ida tarqatish BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs bunga takroran yo‘l qo‘ysa, BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) miqdorda jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.
 

Kiritildi: 14:46 26.12.2020. O'qildi: 1830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!