"Erta yoki kech biz Eronning boyitilgan uran zaxiralarini qo‘lga kiritamiz. Biz buni kuzatib boryapmiz. Bilasizmi, men AQSh Kosmik kuchlari deb ataladigan tuzilmani tashkil etganman va ular buni har kuni kuzatib turishadi. Agar kimdir u yerga yaqinlashsa, biz bundan xabar topamiz va ularni portlatib yuboramiz", — dedi Qo‘shma Shtatlar yetakchisi.
U, shuningdek, AQSh "Hizbulloh" bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun Livan bilan ishlashda davom etishini ta’kidladi.
"Isroil endi Livanni bombardimon qilmaydi. AQSh ularga buni taqiqlaydi. Yetarli!" - deya ta’kidladi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil va "Hizbulloh" o‘rtasidagi mojaroni hal qilish AQShning Eron bilan muzokaralaridan alohida amalga oshiriladi.