Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Yirtqich: milliarder futbol xo‘jayini" BBC'dan 150 million funt talab qilmoqda

"Yirtqich: milliarder futbol xo‘jayini" BBC'dan 150 million funt talab qilmoqda

"Vest Xem"ning sobiq egasi Devid Sallivan BBC tomonidan "Yirtqich: milliarder futbol xo‘jayini" nomli hujjatli filmda ilgari surilgan ayblovlardan so‘ng huquqiy chora ko‘rishga qaror qildi.

Klubning sobiq hamraisi BBCga qarshi Buyuk Britaniya Oliy sudiga da’vo kiritib, tuhmat uchun 150 million funt sterling miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Sallivan dastur uning obro‘si va moliyaviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur filmda kamida yetti nafar ayol Sallivan ularga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar qilganini da’vo qilgan.

derbyderbyderby.it ma’lumotiga ko‘ra, gap o‘tgan asrning 1980 va 1990 yillarida sodir bo‘lgani aytilayotgan holatlar haqida ketmoqda.

Kiritildi: 09:10 02.10.2026. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!