Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Yirik sarmoya — katta imkoniyat: 2 milliard dollarlik agroenergetika loyihasi amalga oshiriladi

Yirik sarmoya — katta imkoniyat: 2 milliard dollarlik agroenergetika loyihasi amalga oshiriladi

Xitoyda tashkil etilgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun foydali bo‘lgan kelishuvlarga erishildi.

Forumning B2B muloqotlarida 300 nafardan ziyod tadbirkor ishtirok etib, investisiyaviy hamkorlik va qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi boshqaruv kengashi rahbariyatining forumdagi chiqishida mamlakatimizdagi qulay investisiya muhiti va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarning sanoat hamda qishloq xo‘jaligi rivojidagi o‘rniga to‘xtaldi.

Yirik sarmoya — katta imkoniyat: 2 milliard dollarlik agroenergetika loyihasi amalga oshiriladi

Shuningdek, tashrif doirasida delegasiya a’zolari Shanxaydagi “SATAMZ” kompaniyasining ko‘cha tozalash texnikalari ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan tanishdi hamda O‘zbekiston, Xitoy va Rossiya vakillari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan qator memorandumlar imzolandi.

Anjumanning eng muhim natijasi — qiymati 2 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan agroenergetika loyihasi bo‘ldi. 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha ijrosiga O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi, O‘zbekiston Energetiklar milliy assosiasiyasi hamda Shanxayning yetakchi energetika markazlari va kompaniyalari mas’ul etib belgilandi.

Kiritildi: 20:24 13.04.2026. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!