Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Belaruslik mutaxassis Isroil razvedka xizmatining yangi direktori etib tayinlandi

Belaruslik mutaxassis Isroil razvedka xizmatining yangi direktori etib tayinlandi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘zining harbiy kotibi general-mayor Roman Gofmanni Mossad razvedka xizmatining yangi direktori etib tayinlashni ma’qulladi.

Gofman 2 iyundan o‘z vazifasini bajarishga kirishadi. Uning vakolat muddati besh yilni tashkil etadi.

Netanyaxu allaqachon rasmiy tayinlash hujjatini imzolagan.

Roman Gofman Belarusda tug‘ilgan. 1990 yilda, 14 yoshida, u oilasi bilan Isroilga ko‘chib o‘tgan. Harbiy xizmati davomida u jangovar bo‘linmalardan Isroil armiyasi zirhli korpusida diviziya qo‘mondoni lavozimiga ko‘tarilgan.

Uning nomzodi 2025 yil 4 dekabrdan beri kun tartibida. Gofman besh yillik vakolat muddati 2026 yil iyun oyida tugaydigan Devid Barneaning o‘rnini egallaydi.

Kiritildi: 11:45 13.04.2026. O'qildi: 1164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!