Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

"Biz Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasida ishtirok etmaymiz"

"Biz Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasida ishtirok etmaymiz"

​Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer rasmiy London Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yish amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniyaning hozirgi ustuvor vazifasi bo‘g‘ozni harbiy yo‘l bilan yopish emas, balki uni kemalar qatnovi uchun to‘liq ochishdir.

​Starmer bo‘g‘ozning yopilishi jahon bozorida neft va gaz tanqisligini keltirib chiqarishini, bu esa oddiy aholi uchun elektr energiyasi narxi oshishiga sabab bo‘lishini ta’kidladi.

"Men narxlar barqaror bo‘lishini va odamlarning xarajatlari kamayishini istayman", — dedi Bosh vazir.

​Donald Trampning Britaniya mina tozalovchi kemalar yuborishi haqidagi bayonotlariga javoban, Starmer mamlakatning bunday texnik imkoniyatlari borligini tan oldi, biroq hozirda bor kuch faqat diplomatik va siyosiy yechimga qaratilganini alohida qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!