Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Shvesiyalik sobiq futbolchi Anders Limpar Krishtianu Ronalduga karyerasini yakunlashni maslahat berdi.

- Men Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kabi o‘yinchilarga qoyil qolaman.

Lekin Ronaldu jahon chempionatidan keyin faoliyatini tugatishi kerak. 41 yoshda MLSda yangi bosqich boshlashning nimaga kerak?

Bu oson liga emas. Ronaldu, mening senga maslahatim: 1000 ta gol urib, keyin karyerangni tugat, - dedi Andres Limpar.

Krishtianu Ronaldu professional faoliyati davomida urgan gollari sonini 968 taga yetkazgan va bu ko‘rsatkich bilan yaqqol rekordchi bo‘lib turibdi.

Futbol jamoatchiligi portugaliyalik yulduzning gol urish bo‘yicha minglik marrani zabt etishini kutmoqda.

Kiritildi: 14:33 13.04.2026. O'qildi: 22642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!