Ekspertlarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda paxta yog‘i narxi oshishi kutilmoqda. Bu haqda APK-inform xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda qolgan paxta urug‘i zaxirasi taxminan 95 000 tonnani tashkil etadi.
Markaziy Osiyo o‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchilari assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqam paxta yog‘i ishlab chiqarish mavsumining yaqinlashib kelayotganini ko‘rsatadi.
"May oyi xom ashyoni qayta ishlashning yakuniy bosqichi bo‘lishi kutilmoqda, bu esa o‘z navbatida bozor taklifining kamayishiga olib keladi.
Shuning uchun yaqin kelajakda paxta yog‘i narxlarining tabiiy o‘sishi prognoz qilinmoqda", deb ta’kidladi assosiasiya.