Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yiqilgan kurashga to‘ymas: Deppning advokatlari yana kurashishmoqchi

A A A
Yiqilgan kurashga to‘ymas: Deppning advokatlari yana kurashishmoqchi

Aktyor Jonni Deppning advokatlari “The Sun”ga qarshi ish bo‘yicha sud hukmi ustidan shikoyat qilmoqchi, deya xabar berdi “The Guardian”.

Ma’lumot o‘rnida, sud Deppni "xotinini kaltaklagan" deb topgan va aktyorning tuhmat da’vosini qondirishdan bosh tortgan, sudya Jastis Nikol sobiq rafiqasi Ember Xyordga nisbatan qilingan zo‘ravonlik ishlarining 14 tasidan 12 tasini isbotlangan deb e’lon qilgandi.

Ammo advokatlarning ta’kidlashicha, sudya Ember Xyordning ko‘rsatmalari yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lgan belgilarni e’tiborsiz qoldirgan, shuningdek, Depp guvohlarining ko‘rsatmalarini hisobga olmagan.

Aktyorning advokati Devid Sherborn bunday sudni vijdonsiz deb atadi va agar sud imkoniyat taqdim etsa, apellyasiya shikoyati berishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 05:00 26.12.2020. O'qildi: 2012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!