Hukumatning 2026 yil 30 martdagi 125-son qaroriga ko‘ra, 1 apreldan transportni boshqarish huquqi berilgan shaxsga yo‘l qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni rasmiy o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun transport egasi my.gov.uz yoki maxsus mobil ilova orqali so‘rovnoma yuborib, muddatni ko‘rsatadi. Boshqaruvchi shaxs esa ERI, Mobile-ID yoki Face-ID orqali rozilik bildiradi.
Xizmat uchun BHMning 10 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
Shuningdek, avtotransportni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi endi 5 yil muddatga beriladi.