Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Yashnobod tumanidagi 151-maktabda o‘quvchi og‘ir holatda shifoxonaga tushdi

Yashnobod tumanidagi 151-maktabda o‘quvchi og‘ir holatda shifoxonaga tushdi

Yashnobod tumanidagi 151-maktabda o‘quvchi bilan bog‘liq jiddiy holat yuz bergani aytilmoqda.
Ota-onaning so‘zlariga ko‘ra, ikki nafar o‘quvchi farzandini maktab hojatxonasi oldida tutib qolgan. Ular unga tahdid qilib, qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, og‘ziga temir magnitli brasletni tiqib yuborgan.
Bola bu haqda ota-onasiga darhol aytmagan — u oqibatlaridan qo‘rqqan.
Keyinchalik bolada kuchli og‘riqlar boshlangan. Rentgen tekshiruvi natijasida ichakda begona jism borligi aniqlangan. Shundan so‘ng bola maktabda sodir bo‘lgan voqeani aytib bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, magnitli braslet ichakka tushib, u yerda oksidlana boshlagan. Bugun bola shoshilinch operasiya qilingan va begona jism olib tashlangan.


Ota-ona ushbu holatdan qattiq xavotirda ekanini bildirib, maktabda bolalar xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratishni so‘ramoqda.

Kiritildi: 17:06 07.09.2026. O'qildi: 1185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!