Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Yashnobod tumanida aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan mas’ullar aniqlandi

Yashnobod tumanida aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan mas’ullar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.E.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan 264,7 mln so‘mni MCHJning hisob-raqamiga kirim qilmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan. Bu haqida Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:17. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!