Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real"ning 3 nafar yulduzi "Barsa"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

A A A
"Real"ning 3 nafar yulduzi "Barsa"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Yakshanba kuni Ispaniya Superkubogi finalida "Real" va "Barselona" o‘zaro to‘qnash keladi. Madrid jamoasining 3 nafar muhim futbolchisi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan "El-klasiko"ni o‘tkazib yuborish xavfi bor. Bu haqda «Spanish Sport» o‘z sahifalarida xabar bermoqda.

Jud Bellingem va Federiko Valverde mushaklari zo‘riqishi tufayli Superkubok finalini o‘tkazib yuborishi mumkin. Luka Modrichga kelsak, uning "Malyorka"ga qarshi yarim final uchrashuvini (3:0) o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lgan virusli infeksiyani yengib o‘ta oladimi yoki yo‘qmi hozircha aniq emas.

"Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

Kiritildi: 23:01 10.01.2025. O'qildi: 3644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!