Hattoki, bu jamoa transfer amalga oshishi uchun 50 million yevro va besh yillik shartnoma taklifi bilan chiqdi.
Mazkur taklif ayni damda "Lans" uchun ham, Abduqodir uchun ham to‘g‘ri keladi. Sababi, kuni kecha Fransiya klubi himoyachimizni 40 million yevroga pullash niyatida ekani haqida xabar berayotgan edi.
Agar bu kelishuv amalga oshmagan taqdirda ham, Abduqodir Husanov katta ehtimol bilan “Lans”da qolmasligi oydinlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozida “Lans”ga ko‘chib o‘tganidan beri bu jamoa safida barcha turnirlarda jami 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta golli pas ham uzatdi.
Legionerimizning “Lans” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.