Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Menga qancha pensiya chiqar ekan? yoki bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

Menga qancha pensiya chiqar ekan? yoki bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

Pensiya yoshiga yetib, ko‘p yillik mehnati samarasini ko‘rish, keksalik gashtini surish barchaning hayotdagi maqsadi hisoblanadi. Bunda, albatta keksa yoshidagi daromad manbai - pensiya muhim o‘rin tutadi.

Shu sababli barchamiz yoshlik paytda o‘zining kelgusidagi pensiyasi haqida qayg‘urishi, bu davrga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi lozim.

Kimlarga pensiya tayinlanadi?

Yoshga doir to‘liq pensiya olish uchun erkaklarga 60 yoshga to‘lganda 25 yil ish staji, ayollarga 55 yoshda 20 yil ish stajiga ega bo‘lganda tayinlanadi. Ushbu talab etilganga nisbatan kamroq (kamida 7 yil) ish stajiga ega bo‘lganlarga to‘liqsiz pensiya tayinlanadi, ya’ni pensiya kamroq hisoblanadi.

Ish stajiga nimalar kiradi?

Pensiya tayinlashda ish stajiga rasmiy ishlab, ish haqi hisoblangan davrlar, yakka tartibdagi tadbirkor, o‘zini-o‘zi band yoki xorijda ishlagan shaxs sifatida Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langan davrlar ish stajiga hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: ayol kishi rasmiy ishlab, ish haqi hisoblangan va yakka tartibdagi tadbirkor, o‘zini-o‘zi band yoki xorijda ishlagan shaxs sifatida ijtimoiy soliq to‘langan davrlari jami 20 yil bo‘lganda 54 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish imtiyozi mavjud.

Bunda, yuqoridagi davrlar uchun kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning xarbiy xizmat, oliy o‘quv yurtidagi kunduzgi o‘qish hamda bola parvarishi uchun ta’tilda bo‘lgan (har bir bola uchun 3 yil, jami 6 yilgacha) davrdlar ham umumiy ish stajiga qo‘shiladi.

Pensiyaga tayyorgarlik qanday amalga oshiriladi?

Pensiya fuqaroning fuqaroning rasmiy ishlagan davri va soliq to‘langan ish haqi (daromadi) inobatga olinadi. Ya’ni, fuqaro rasmiy ishlab, rasmiy daromad olgan sari yilma-yil pensiyaga huquqi shakllanib boradi.

Demak, har bir fuqaro ish faoliyati va daromadini rasmiylashtirish orqali pensiyaga tayyorgarlik ko‘rib boradi.

Barchamiz pensiya yoshiga yaqinlashib qolamiz va endi pensiya haqida o‘ylashni boshlaymiz. “Endi menga qancha pensiya chiqar ekan?”, “Yuqori miqdorda pensiya olarmikinman?” kabi savollar bizni qamrab oladi. Ya’ni, endi biz pensiyaga qanday chiqish, qayerga murojaat qilish, pensiya qanday hisoblanishi, bunda nimalar hisobga olinishiga qiziqishni boshlaymiz. Pensiya tayinlangandan so‘ng esa ko‘pchilik fuqarolarimizda “Nega menga kam miqdorda pensiya tayinlandi?”, “Meni hisobim bo‘yicha ko‘proq pensiya olishim kerak edi?” kabi savollar tug‘iladi.

Mana shunday savollar fuqarolarda bo‘lmasligi, yuqori miqdorda pensiyaga chiqish uchun pensiya yoshiga yaqin qolgan fuqarolarimiz, shuningdek, yoshlarimizga quyidagi tavsiyalarni bermoqchimiz:

Birinchidan, mehnat faoliyatingiz rasmiy shaklda ketayotganligiga, ishlayotgan tashkilotingizda sizga ish staji yozib borilayotganligiga ishonch hosil qiling. Buni o‘zingiz mustaqil ravishda my.gov.uz portali orqali tekshirib olsangiz ham bo‘ladi.

Ikkinchidan, raqamlashtirish davrida yashayotganligimizni hisobga olib, o‘z ish beruvchingizdan ish stajlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni talab qiling.

Uchinchidan, tashkilotingiz tomonidan sizga rasmiy shaklda ish haqi to‘lanayotganligiga e’tibor bering. Bunda, sizga hisoblangan ish haqi, haqiqatan qo‘lingizga oladigan ish haqingiz, ushlab qolinayotgan daromad soliqlari, jamg‘arib borilayotgan pensiya uchun o‘tkazilayotgan mablag‘lar va boshqalarni doimiy ravishda tekshirib boring.

To‘rtinchidan, agarda siz norasmiy shaklda faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, o‘z-o‘zini band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tib, Pensiya jamg‘armasiga belgilangan tartibda ijtimoiq soliq to‘lab boring. Bu orqali siz ish stajingizni ko‘paytirib borasiz.

Beshinchidan, pensiya qonunchiligiga oid yangiliklar, ma’lumotlar bilan muntazam ravishda tanishib boring, kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalardan xabardor bo‘ling.

Oltinchidan, hozirda mehnat faoliyati yuritmayotgan bo‘lsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga mehnat daftarchangizdagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni so‘rab murojaat qilishingiz lozim. Bunda, raqamlashtirilgan ma’lumotlaringizni my.gov.uz portalida ko‘rishingiz mumkin.

Mehnat faoliyatingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hozir raqamlashtirib qo‘ysangiz pensiyaga chiqish vaqti kelganda ortiqcha ovora bo‘lib yurmaysiz.

Yuqoridagi tavsiyalar asosida mehnat faoliyatingizni olib borsangiz, pensiya yoshiga yetganda pensiya ta’minoti kafolatlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar, pensiyaga oid har qanday masala bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining 1271 raqamli Call markazi orqali savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Kiritildi: 12:50 08.01.2025. O'qildi: 4745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!