Taniqli insayder Fabrisio Romano o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti" klubiga o‘tishiga oid yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Manbaga ko‘ra, angliyaliklar ushbu transfer uchun "Lans"ga 40 million yevro to‘lashadi. Shuningdek, shartnomada qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutiladi.
"Lans" klubi ushbu taklifni qabul qildi va yaqin kunlarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
"Siti" va Husanov o‘rtasida 2029 yil iyunigacha shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish ham ko‘zda tutiladi.
E’tiborli jihati shundaki, Abduqodir Husanov APLda to‘p suradigan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi.