AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Los-Anjeles o‘rmon yong‘inlaridan shunchalik zarar ko‘rganki, uni urush zonasiga qiyoslash mumkin. Bu haqda u Oq uyda o‘z ma’muriyatining yuqori martabali xodimlari bilan favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish choralari muhokama qilingan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS” .
"Bu menga bombardimondan keyin harbiy amaliyotlar olib borilayotgan joyni eslatdi", dedi hozirgi Amerika rahbari.