Rossiyaning Yaroslavl shahrida ko‘p qavatli turar-joy binosida yuz bergan yong‘in oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi.
Bu haqda Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Yaroslavl shahridagi 9 qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan xonadon yong‘inga uchradi qizni xonadan olib chiqishdi, afsuski, ularni qutqarib bo‘lmadi”, — deyiladi bo‘limning Telegram’dagi xabarida.
Aniqlik kiritilishicha, voqea joyida 18 nafar mutaxassis, 6 ta texnika, shuningdek, yong‘inga qarshi sinov laboratoriyasi ishlamoqda.