Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiya Arabistoni Trampga tezkor javob qaytardi

Saudiya Arabistoni Trampga tezkor javob qaytardi

Saudiya Arabistoni Trampga tezkor javob berib, Falastin davlati tashkil etilmaguncha Isroil bilan hech qanday munosabat o‘rnatmasligini ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni AQSh G‘azo sektorini nazoratga olishni istayotganini aytgan prezident Donald Trampning Ar-Riyod Falastin vatanini talab qilmayapti, degan bayonotiga qarshi chiqib, Falastin davlati tashkil etilmaguncha Isroil bilan munosabat o‘rnatmasligini bildirdi.

Seshanba kuni Tramp kutilmagan bayonot berib, falastinliklar boshqa hududlarga ko‘chirilganidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar urushdan xarob bo‘lgan hududni o‘z nazoratiga olib, uni iqtisodiy jihatdan rivojlantirishini aytdi. U tashrif buyurgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan birgalikdagi matbuot anjumanida so‘zga chiqdi.

Saudiya Arabistoni chorshanba kungi bayonotida falastinliklarni o‘z yerlaridan ko‘chirish borasidagi har qanday urinishlarni rad etishini hamda falastinliklarga nisbatan munosabati muzokara predmeti bo‘la olmasligini ma’lum qildi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon podshohlikning bu boradagi pozisiyasini hech qanday vaziyatda boshqacha talqin qilinishi mumkin bo‘lmagan "aniq va qat’iy" tarzda tasdiqladi.

Kiritildi: 21:05 05.02.2025. O'qildi: 1908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!