Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Yarim yillik investisiya hajmi 273 trln so‘mdan oshdi — Statistika qo‘mitasi

Yarim yillik investisiya hajmi 273 trln so‘mdan oshdi — Statistika qo‘mitasi

O‘zbekistonda 2025 yilning birinchi yarmida asosiy kapitalga investisiyalar hajmi 273,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,8 trln so‘mga oshdi. Investisiya manbalari tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va xususiy sektor mablag‘lari yetakchi bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda asosiy kapitalga investisiyalar hajmi qariyb 2,7 barobarga ko‘paygan. 2024 yilning shu davriga nisbatan 5,5 foizga ko‘pdir. Investisiyalarning asosiy qismi xususiy manbalardan va xorijiy kapital hisobiga amalga oshirildi.

Invest 01

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda asosiy kapitalga 273,4 trln so‘m sarmoya kiritildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 30 trln so‘m ko‘pdir. Investisiyalarning asosiy qismi — 90 foizdan ortig‘i — xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keldi. Xususan, korxonalar 44 trln so‘m, aholi esa 17,3 trln so‘m sarmoya yo‘naltirdi.

Invest 02

Eng yirik sarmoya yo‘nalishi — to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar bo‘ldi. Uning hajmi 109,8 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga o‘sdi.

Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha eng katta investisiyalar sanoatga yo‘naltirildi. Ishlab chiqarish sohasi 74,3 trln so‘m bilan yetakchilik qildi. Shuningdek, energetika (38,4 trln so‘m) va tog‘-kon sanoati (29,6 trln so‘m)da ham yirik loyihalar amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligida sarmoyalar ulushi 8,9 foizni tashkil etdi.

Invest 03

Xorijiy sarmoyalar umumiy hajmi 20,6 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Shuning 15,1 mlrd dollari yangi zavodlar, fabrikalar va infratuzilma ob’ektlarini qurishga sarflandi.

Shu bilan birga, ijtimoiy infratuzilma ham faol rivojlandi. Yarim yilda mamlakat bo‘yicha 7,18 mln m² turar-joy foydalanishga topshirildi. 125 km suv va 4,4 km gaz tarmoqlari qurilib, asosan qishloq joylarini qamrab oldi.

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda asosiy kapitalga investisiyalar o‘sishda davom etdi. Xususiy sektor va xorijiy sarmoyalar bu jarayonda asosiy ulushga ega bo‘ldi. Sanoat, energetika va infratuzilma yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Davlatning infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ishlari va xalqaro sarmoyadorlar qiziqishi kelgusida ham investisiya oqimlarini barqaror saqlab turishi mumkin.

Kiritildi: 17:36 02.08.2025. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!