Sevgan qalblar uchun har kun - sevgi kuni. Ammo bugun yaqinlarni xursand qilish uchun yana bitta bahonangiz bor. Keling, buni Valentin kuni demaylik, mehr ulashish kuni deylik. Wolt esa sizga bu borada yordam berish uchun o‘zining «Gifting» nomli yangi innovasion funksiyasini taqdim etadi.
Tasavvur qiling, siz Wolt platformasi orqali sovg‘a yubordingiz. Wolt'ning keng tanlovi restoranlar, supermarketlar va mahalliy do‘konlarni o‘z ichiga oladi. Taomlardan tashqari, gullar, shokolad va aksessuarlarni ham buyurtma qilish mumkin. Yaqinlaringiz esa siz yuborgan sovg‘a bilan birga maxsus tabriknomalarni ham olishadi va unda yozilgan samimiy so‘zlardan yuzlariga tabassum yuguradi.
Yangi «Gifting» funksiyasi har bir sovg‘ani yanada o‘ziga xos qilish uchun yaqinlaringizga maxsus xabar qo‘shish imkonini ham beradi. Masalan, gul jo‘natishda – «Siz eng yaxshisiz» yoki romantik kechki ovqat buyurtma qilinganda – «Eslaysanmi, biz buni oldin ham buyurtma qilgandik?» kabi yoqimli xabarlar yozish mumkin. Muhim tomoni, variantlar juda ko‘p – mashxur do‘konlardan tortib, sevimli brendlargacha, shuning uchun Wolt'da har bir inson uchun ideal sovg‘a topiladi.
Siz sovg‘a ulashishni niyat qilganingzga shubha yo‘q, ammo u sovg‘ani o‘zgacha taqdim etish esa yanada muhim. Bu yangi funksiya maxsus lahzalarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz amalga oshirish va sovg‘alarni alohida e’tibor bilan tayyorlanganini ko‘rsatish imkonini beradi.
«Gifting» funksiyasi qanday ishlashining qisqacha izohi
1. Manzilni tanlang – Qabul qiluvchining manzilini kiriting.
2. Sovg‘ani tanlang va moshlashtiring – Ilovada mukammal sovg‘ani toping va to‘lov jarayonida «Sovg‘a sifatida jo‘natish» opsiyasini tanlang. Shaxsiy xabar yuborilishi uchun qabul qiluvchining aloqa ma’lumotlarini qo‘shishingiz mumkin.
3. Yetkazib berish – Buyurtmani tasdiqlang, shundan so‘ng qabul qiluvchi yetkazib berish jarayonini kuzatish va sizning xabaringizni ko‘rish imkonini beruvchi SMS xabar oladi. Muhim tomoni, qabul qiluvchidan Wolt'da akkaunti mavjud bo‘lishi talab etilmaydi (xabarda jo‘natuvchi ko‘rsatiladi, shuning uchun qabul qiluvchi sovg‘ani oldindan kim yuborganini bila oladi).
«Gifting» orqali siz bir umr esda qoladigan sovg‘a taqdim etgan uslubini tanlagan bo‘lasiz. Shunday ekan, buni shunchaki sovg‘a berish emas, balki insonlarni bog‘laydigan va yoqimli xotiralarni yaratadigan qulay imkoniyat deb qarash yanada to‘g‘ri bo‘ladi.
«Gifting» bilan biz odamlarga maxsus kunlarni nishonlash, yaqinlarga zavq ulashish va e’tibor ko‘rsatishni yanada samimiy hamda o‘ziga xos qilishda yordam beramiz", — deydi Wolt iste’molchilar mahsuloti bo‘yicha direktori Bachir Benani.
Innovasiya va foydalanuvchilarga eng yaxshi tajribani taqdim etish – Wolt'ning asosiy qadriyatlaridan biri. Kompaniya kelajakda ham foydalanuvchilar uchun yanada ko‘plab yangiliklarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Siz esa bugungi imkoniyatni boy bermang, Woltʼ ilovasiga kiring va yaqinlaringizga sovg‘alaringizni o‘ziga xos hamda unutilmas tarzda yetkazing!