Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Yaqin Sharqdagi muammolarni qaysi davlatlar hal etishi kerak?

Yaqin Sharqdagi muammolarni qaysi davlatlar hal etishi kerak?

Yaqin Sharqdagi muammolarni hal etish Eron, Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistonining birgalikdagi faoliyatiga bog‘liq.

Bu haqda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi, general-mayor Muhsin Rezai Tehronda bo‘lib o‘tgan Eron — Makka kelishuvi mamlakatlari sammiti yakunlari bo‘yicha ma’lum qilgan.

«Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistonining yuqori martabali delegatlari mintaqadagi muammolarni hal etish to‘rt davlatning birgalikdagi faoliyatiga bog‘liq, deb hisoblaydi. Biz Yaqin Sharqda xavfsizlik ichki kuchlar sa’y-harakatlari bilan ta’minlanishi, tashqi aralashuvga esa chek qo‘yilishi kerak, degan xulosaga keldik», — dedi u.

Tomonlar xavfsizlik va tinchlikni ta’minlash kabi bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muloqotni davom ettirish niyatida.

Kiritildi: Bugun 08:55. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!