Bu fikrni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Rossiyadagi aloqa byurosi rahbari Oleg Kobyakov bildirdi.
FAOning 2026-yilgi «Jahonda oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati» hisobotida ta’kidlanishicha, mojaro boshlanishidan oldin qilingan prognozlarda 2030 yilda ochlikka duchor bo‘lganlar soni taxminan 503 million kishini tashkil etishi kutilgan.
Tashkilotning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi mojaro energiya va o‘g‘itlar narxining oshishi orqali boshqa mamlakatlardagi oziq-ovqat tizimlariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. G‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun zarur bo‘lgan resurslarning qimmatlashishi oziq-ovqat narxlariga bosimni kuchaytirishi mumkin.
FAO ushbu prognozlarda vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin bo‘lgan ba’zi omillar, jumladan, ekstremal ob-havo hodisalari va El-Nino ta’siri to‘liq hisobga olinmaganini ta’kidladi. Shuning uchun kelajakdagi ko‘rsatkichlar yanada yuqori bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, FAO ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda dunyoda 645 million kishi ochlikka duch kelgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan qariyb 14 mln kishiga, 2022 yilga nisbatan esa 43 mln kishiga kamaygan.
Tashkilot ta’kidlashicha, global ochlik kamayganiga qaramay, bu jarayon hali ham sekin va turli inqirozlarga juda zaif bo‘lib qolmoqda.
Kiritildi: 20:53 18.09.2026.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.