Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Yaponiyaning takomillashtirilgan «H3» raketasi yana koinotda

Yaponiyaning takomillashtirilgan «H3» raketasi yana koinotda

Yaponiyaning takomillashtirilgan «H3» tashuvchi raketasi juma kuni ertalab sinov parvozini boshladi.

Bu haqda Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) xabar berdi.

Uchirish Tanegasima koinot markazidan Tokio vaqti bilan soat 09:52 da amalga oshirildi.

Raketa foydali yuk sifatida Quyosh-sinxron orbitasiga VEP-5 o‘lchov va vazn maketini, hamda Yaponiya va Fransiyaga tegishli oltita kichik sun’iy yo‘ldoshni olib chiqishi kerak.

Bu uchirish 2025 yil 22 dekabrda ikkinchi bosqichda yuzaga kelgan nosozlik tufayli sodir bo‘lgan halokatdan keyingi raketaning ilk parvozidir. O‘shanda halokat oqibatida «Mitichibiki-5» (QZS-5) navigasiya sun’iy yo‘ldoshi yo‘qotilgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:25. O'qildi: 165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!