Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Yaponiyaning Ivate prefekturasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Yaponiyaning Ivate prefekturasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Mamlakat shimolidagi Ivate prefekturasida to‘rt kundan beri ikkita yirik o‘rmon yong‘ini davom etmoqda.

O‘tni o‘chirishga 1000 dan ortiq kishi, jumladan, o‘z-o‘zini himoya qilish kuchlari vertolyotlari jalb qilingan. Yong‘in Osuti shahridagi aholi punktlariga yaqinlashgani sababli 1500 dan ortiq xonadon va 3233 nafar fuqaroga evakuasiya qilish to‘g‘risida buyruq berildi. Hozirgacha 730 gektardan ortiq maydon va 8 ta bino yonib kulga aylangan, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Mahalliy meteorologiya agentligi keyingi haftada yog‘ingarchilik kutilmayotganini bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yong‘inlar qamrovi bo‘yicha Yaponiya tarixidagi uchinchi eng yirik ko‘rsatkichga aylandi (2025 yildagi Ofunato va 1992 yildagi Kusiro yong‘inlaridan keyin). Hozirda o‘t o‘chiruvchilar va aviasiya olovni jilovlashga harakat qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:42. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!