Putin va Lukashenko Belarusning urushdagi ishtirokini muhokama qilishgan, biroq bundan "foydadan ko‘ra zarar ko‘proq bo‘ladi", dedi Belarus rahbari "BelTA" davlat agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bir necha bor ko‘tarilgan, ammo Putin Lukashenkoni "Belarusning urushga, mojaroga qaysidir maqomda qo‘shilishi kerak emas"ligiga ishontirgan.
Lukashenko buning sabablari sifatida Belarus harbiy jihatdan juda zaif ekanligini va Ukraina Qurolli Kuchlari qarshisida kaftdek namoyon bo‘lib turganligini aytgan. Shuningdek, Lukashenko hozirgi sharoitda Moskva va Minsk kengaygan front chizig‘ini himoya qila olmasligidan va Belarusning urushga kirishi NATO davlatlarini ham shunga o‘xshash qadam tashlashga majbur qilishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Bundan tashqari, siyosatchining ishontirishicha, Belarus fuqarolari ham urushda ishtirok etishga qarshi chiqishadi.