Ma’lum qilinishicha, Ukraina tomoni Rossiyani BMTning Dengiz huquqi bo‘yicha konvensiyasi moddalarini buzganlikda ayblagan ko‘plab da’volari rad etilgan.
Shuningdek, Gaagadagi arbitraj Ukraina tomonining Rossiyadan kompensasiya talablarini ham qanoatlantirmagan.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ushbu arbitraj jarayoni 10 yil davom etgan.
Arbitraj — bu davlatlar yoki tashkilotlar o‘rtasidagi nizolarni sudga o‘xshash, lekin mustaqil maxsus komissiya yoki xalqaro sud orqali hal qilish usuli.