Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) to‘liq a’zo yoki birlashmaning hamkori maqomini olishga da’vogar 20 taga yaqin davlatdan rasmiy murojaat oldi. Bu haqda SHHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev tashkilotning 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qildi.
“Hozir dunyo hamjamiyati tomonidan tashkilotga yuqori qiziqish kuzatilmoqda, SHHTga u yoki bu maqomda qo‘shilish arizasi savatchasida 20 taga yaqin murojaat bor”, - dedi Yermekbayev. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu SHHT qadriyatlari va tamoyillariga bo‘lgan talab yuqori ekanidan dalolat beradi.