Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron muxlislari JChda Minab qurbonlariga bag‘ishlangan bannerni yoyishdi

A A A
Eron muxlislari JChda Minab qurbonlariga bag‘ishlangan bannerni yoyishdi

Eron terma jamoasining birinchi o‘yini Los-Anjelesdagi stadionda bo‘lib o‘tdi. Islom Respubilikasi Yangi Zelandiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

O‘yin vaqtida stadion tribunasida bo‘lgan Eron muxlislari "Minab 168" yozuvini namoyish qilishdi.

AQSh va Isroilning Eronga hujumida Minab shahridagi boshlang‘ich maktabga ikkita “Tomagavk” raketasi bilan zarba berilgan edi.

Shuningdek, Meksikaning Tixuana shahrida mashg‘ulot o‘tkazayotgan Eron terma jamoasi fevral oyi oxirida Minab maktabida sodir bo‘lgan portlashda 168 kishi halok bo‘lgani xotirasiga "#168" nishonini taqib oldi.

FIFAda siyosiy bayonotlar yoki tasvirlar bo‘yicha qoidalar mavjud, ammo jamoa buni maydondan tashqarida amalga oshirdi. O‘yin maydonidan tashqarida taqish yoki bayonot berish bo‘yicha hech qanday qoidalar yo‘q, shuning uchun Eron bu nishonlarni taqish orqali FIFA qoidalarini buzmagan.

Kiritildi: Bugun 15:07. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!