Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yaponiyaning Honda va Nissan avtokonsernlari birlashishi mumkin

Yaponiyaning Honda va Nissan avtokonsernlari birlashishi mumkin

Yaponiyaning Honda va Nissan avtokonsernlari birlashishi mumkin. Bu haqda Sky News xabar berdi.

"Honda va Nissan 2026 yilda birlashish bo‘yicha muzokaralarga kirishgan", deya korporasiyalar rahbarlarining qo‘shma matbuot anjumanidagi bayonotidan iqtibos keltiradi telekanal.

Ularga Nissan bosh aksiyadori hisoblangan Mitsubishi Motors ham qo‘shilishi mumkin. Yanvar oxirida bu borada bir qarorga kelinishi kutilmoqda.

"Xitoy avtosanoatining o‘sishi va yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi avtomobilsozlik sohasini o‘zgartirib yubordi", — dedi Honda Motors bosh direktori Toshixiro Mibe.

Agar Honda va Nissan birlashsa, dunyoda Toyota va Volkswagendan so‘ng uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasiga aylanadi.

Kiritildi: 10:30 24.12.2024. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!