Tokio polisiyasi kamida 4 yil davomida o‘zining o‘lik tug‘ilgan faarzandini temir yo‘l stansiyasidagi saqlash kamerasi yacheykasida yashirgan va yacheyka ijarasi uchun muntazam ravishda pul to‘lab kelgan ayolni hibsga oldi. Bu haqda NHK telekanali ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, farzandini yashirgan 49 yoshli Emi Susaki o‘zi polisiyaga borib, bu haqda so‘zlab bergan. Ayolning aytishicha, u farzandini 4-5 yil avval uyida dunyoga keltirgan. Ayol tug‘ilgan go‘dagida tiriklik alomatlarini sezmagach, sarosimaga tushib, uni Tokioning Tayto tumanidagi Uguisudani stansiyasida joylashgan saqlash kamerasiga yashirishga qaror qilgan. Polisiya ayolning ko‘rsatmalariga asoslanib, stansiyadagi yacheykalarni tekshirib chiqqan va ulardan birida sellofan paketga o‘ralgan go‘dak jasadini aniqlagan.
Ta’kidlanishicha, polisiya tafsilotlarni o‘rnatish uchun ayolni so‘roq qilgan.
Yaponiyada barcha stansiyalar yonida ko‘plab saqlash kameralari mavjud bo‘lib, ularning bir kunlik ijarasi narxi 2 dollardan 5 dollargachani tashkil qiladi.
Manba: 7news.uz