Zilzila oqibatida kamida 30 kishi turli darajada tan jarohati oldi, yetti kishi qurbon bo‘ldi.
Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaiti jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, halok bo‘lganlar yoki bedarak yo‘qolganlar haqida xabarlar yo‘q.
"Biz odamlar odatdagi kundalik hayotlarini davom ettirishlarini xohlaymiz, ammo kuchli zilzila sodir bo‘lgan taqdirda darhol evakuasiya qilishga tayyor bo‘ling", dedi u va kelgusi haftada bunday hushyorlikni saqlash kerakligini ta’kidladi.
8 dekabrga o‘tar kechasi Yaponiya shimolidagi Aomori prefekturasidan sharqda 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Tinch okeanida, 50 kilometr chuqurlikda joylashgan. Mahalliy seysmologlar dastlab 7,2 magnitudani qayd etgan bo‘lsalar, keyinchalik uni 7,6 ga oshirgan. Keyinchalik Xokkayjo oroli qirg‘oqlarida yana bir kuchli zilzila qayd etildi, uning magnitudasi 6,7 ni tashkil etdi.