Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Yaponiyada o‘zbekistonliklarga yana ish o‘rinlari ochiladi

Yaponiyada o‘zbekistonliklarga yana ish o‘rinlari ochiladi

O‘zbekistonlik haydovchilar endi Yaponiyaga ishlash uchun yo‘l oladi. Bu haqda nova24.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yaponiyaning Shimizu Corporation kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda ikki tomon o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Yaponiyaning turli hududlarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Vakansiyalar soni oshirilishi va yangi loyihalar joriy qilinishi kutilmoqda.

Bugungi kunda ushbu kompaniyaning qurilish va ishlab chiqarish sohalarida 150 nafar o‘zbekistonlik ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston va Janubiy Koreya ham mehnat migrasiyasi bo‘yicha yangilik e’lon qilgan — o‘zbekistonliklar Ulsan shahrida eksperimental ravishda ish vizasini olishni yengillashtirilgan.

Kiritildi: 16:03 13.04.2025. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!