Yaponiyaning Okinava orollarida kuchli tayfun sodir bo‘ldi, 15 mingga yaqin bino elektr ta’minotisiz qoldi. Hodisa oqibatida besh kishi jarohatlangan.
Tayfun sabab ANA va Japan Airlines aviakompaniyalari hududga parvozlarni bekor qilgan. “Delfin” tayfuni yaqinlashayotgani sabab Xitoyda ham portlar yopilib, parom qatnovi to‘xtatilgan.