Yaponiya hukumati qattiq issiq tufayli Tokioda xavf e’lon qildi, tegishli ogohlantirishlar mahalliy aholining telefonlariga yuborildi.
Bu haqda RIA Novosti yozadi.
Xavfsizlik choralari yana 38 prefekturaga ham tatbiq etildi.
«Shu tariqa, ogohlantirish Yaponiyaning 47 prefekturasidan 39 tasida amal qilmoqda», — deya xabar beradi agentstvo.
Qayd etilishicha, Yaponiya poytaxtida havo harorati 36 darajaga yetishi mumkin.