Yaponiyada qalinligi atigi 2 millimetr bo‘lgan matodan dinamiklar yaratildi — ularni devorga osish, yostiq ostiga qo‘yish yoki cho‘ntakda olib yurish mumkin.
Fabric Speaker Portable’ning butun yuzasi egiluvchan o‘tkazuvchan tolalar yordamida tovush chiqara oladi. Ovoz balandligi bo‘yicha bu dinamik ishlayotgan changyutgichdan qolishmaydi. Ushbu matodan turli xil aksessuarlar yasash mumkin.
Texnologiya ishlab chiqarish uchun allaqachon tayyor, ammo hozircha hatto taxminiy narx ham aytilmayapti.