NHK yozishicha, hodisa Mishima shahrida joylashgan Yokohama Rubber korxonasida sodir bo‘lgan.
Hujum oqibatida 15 nafar xodim jarohat olgan, ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan, olti kishi pichoqdan jarohat olgan.
Polisiya gumonlanuvchi sifatida 38 yoshli Masaki Koyamani qo‘lga oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unda katanadan tashqari oltingugurt kislotasi ham bo‘lgan va u jabrlanuvchilarning ustiga ham sepilgan.