2000 yilda G8 davlatlarining sammiti sharafiga chiqarilgan 2000 iyenalik banknota Yaponiya bo‘ylab deyarli qo‘llanilmaydi, ammo Okinavada u mahalliy ramz sifatida hanuz keng muomalada.
Yaponiya 2000 iyenalik banknotni ilk bor 2000 yil 19 iyulda, Okinavada o‘tgan «Katta sakkizlik» sammiti (hali Rossiya ishtirokchi edi) munosabati bilan muomalaga chiqargan. Bu — Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri mamlakatda qiymati «2» raqamidan boshlanuvchi ilk pul birligi edi. Boshqa ko‘plab davlatlarda bunday amaliyot odatiy bo‘lsa-da, Yaponiyada yangi kupyura ommaviy tarzda qabul qilinmadi.
Moliya vazirligi va Yaponiya bankining targ‘ibot ishlariga qaramasdan, aksariyat bankomat va avtomatlar 2000 iyenalik kupyurani qabul qilmadi yoki tarqatmadi.
2004 yilning avgustiga kelib uning aylanmadagi soni 510 mln donaga yetgan bo‘lsa, keyin keskin kamaydi. Shu yiliyoq yangi banknotlar bosish to‘xtatildi, hozir muomalada 100 mln donadan kam, ya’ni umumiy aylanishdagi kupyuralarning atigi 0,6 foizini tashkil etadi.