Yaponiya shimolida 7,5 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lganidan keyin 14 soat ichida 10 dan ortiq yangi yer silkinishlari sodir bo‘ldi.
Bu haqda Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lum qildi.
Hammasi bo‘lib 14 ta yangi zilzila sodir bo‘ldi, ularning maksimal magnitudasi 6,4, minimali esa 3,6. Zilzila chuqurligi 50 dan 10 kilometrgacha bo‘lgan.
Hukumat va Yaponiya meteorologiya agentligi hafta davomida Yaponiyaning shimoli-sharqidagi Xokkaydo va Sanriku orollarida kuchli zilzila xavfi ortishi haqida ogohlantirdi.