Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Yaponiya Shri-Lankaga 2,5 million dollarlik shoshilinch yordam ko‘rsatadi

Yaponiya Shri-Lankaga 2,5 million dollarlik shoshilinch yordam ko‘rsatadi

Yaponiya hukumati siklondan jabr ko‘rgan Shri-Lankaga 2,5 million dollarlik shoshilinch moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Bu haqda seshanba kuni Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimisu Motegi ma’lum qildi, deb xabar beradi Kyodo.

Shoshilinch tartibda ajratilgan grant xalqaro gumanitar tashkilotlar orqali yordam ko‘rsatishga, jumladan oziq-ovqat va boshqa birinchi navbatdagi zarur tovarlarni yetkazib berishga yo‘naltiriladi. Noyabr oyi oxirida siklon tufayli yuzaga kelgan ko‘chkilar va suv toshqinlarida 600 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

Matbuot anjumanida Motegi Yaponiyaning «azaldan kelayotgan do‘sti — Shri-Lankaga jabr ko‘rgan hududlarni imkoni boricha tezroq tiklash va qayta barpo etish uchun uzluksiz yordam ko‘rsatishini» ta’kidladi.

Shuningdek, vazir seshanba kuni ertalab tabiiy ofatlardan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullangan tibbiy brigada Shri-Lankadan mamlakatga qaytib kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki hafta ichida yaponiyalik shifokorlar 1 250 nafar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Shri-Lankadagi ekstremal ob-havo tufayli halok bo‘lganlar soni 607 kishiga yetdi.

Kiritildi: 21:25 18.12.2025. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!