Yaponiya olimlari dunyodagi an’anaviy kosmik apparatlardan farq qiluvchi miniatyura yog‘och sun’iy yo‘ldoshni yaratdi.
AZERTADJ agentligining xabar berishicha, LignoSat nomli zond magnoliya daraxtidan yaratilgan. U Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortida o‘tkazilgan tajribalar davomida to‘liq sinovdan o‘tkazildi. Magnoliya daraxti ajoyib barqarorlikka ega va kuchli silkinishga bardosh beradi. Qurilma shu yilning yozida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
O‘lchami bor-yo‘g‘i qahva chashkasidek bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh orbitada bir qator tajribalardan o‘tadi.
- Sun’iy yo‘ldoshning vazifalaridan biri - yog‘och konstruksiyaning fazoviy deformasiyasini o‘lchashdir. Yog‘och bir yo‘nalishda mustahkam va barqaror, lekin boshqa yo‘nalishda o‘lchamdagi o‘zgarishlar va yoriqlarga moyil bo‘lishi mumkin”, - deydi loyiha menejeri Kodzi Murata.
Zond koinotda kamida olti oy qolishi va missiya oxirida atmosferaning yuqori qatlamlariga qayta kirishi rejalashtirilgan.