Yaponiya O‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari Janubiy Xitoy dengiziga tutash suvlarda AQSH, Avstraliya va Filippin bilan hamkorlikda o‘tkazilgan dengiz mashqlari davomida "Type 88" kemalarga qarshi raketasini uchirdi. Raketa Filippin shimolidagi Paoay qirg‘oqlaridan 75 km uzoqlikda joylashgan, Filippin harbiy-dengiz kuchlarining xizmatdan chiqarilgan "BRP Quezon" kreyserini olti daqiqa ichida aniq nishonga oldi.
Mazkur mashg‘ulotlar Manila va Tokio o‘rtasida harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar boshlangan bir paytda bo‘lib o‘tdi. Yaponiya mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi Filippinga "Abukuma" toifasidagi esmineslar va "TC-90" samolyotlarini tez orada topshirish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Ushbu sinovlarni Filippin mudofaa vaziri Gilberto Teodoro va Koidzumi bevosita kuzatgan bo‘lsa, Filippin prezidenti Ferdinand Markos-kichik jarayonni Maniladagi shtab-kvartiradan to‘g‘ridan-to‘g‘ri videoaloqa orqali kuzatib bordi. Ushbu mashg‘ulotlar Manila va Vashington tomonidan har yili o‘tkaziladigan "Balikatan" ("Elkama-elka") harbiy mashg‘ulotlarining bir qismidir. Bu yilgi mashqlarda Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Fransiya va Yangi Zelandiya ilk bor faol ishtirokchi sifatida qatnashdi.