Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaitining to‘liq uxlamasligi mamlakatning inqirozga qarshi boshqaruv tizimi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda muxolifat deputati Toru Kunisige ma’lum qildi, deb yozadi The New York Times.
Avvalroq Takaiti lavozimga kirishganidan buyon bir sutkada noldan uch soatgacha uxlayotganini aytgan edi.
«Kuniga 0–3 soat uxlash men uchun odatiy holga aylandi», — deb yozgan u 20 iyul kuni. Shuningdek, dam olish kunlarini ham ertalabdan kechgacha hujjatlar ustida ishlash bilan o‘tkazayotganini ta’kidlagan.
Toru Kunisigening fikricha, doimiy uyqu yetishmasligi insonning qaror qabul qilish qobiliyatini jiddiy pasaytiradi va bu holat ko‘p jihatdan mastlik holatiga o‘xshaydi.
Takaitining bayonotlari Yaponiyada bosh vazirning ish rejimi davlat boshqaruvi sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi, degan mavzuda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.