Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi boshchiligidagi partiya parlament saylovlarida ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi boshchiligidagi partiya parlament saylovlarida ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi boshchiligidagi partiya parlament saylovlarida ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ekzit-pollarga ko‘ra, Liberal-demokratik partiya (LDP) parlament quyi palatasida jami 465 o‘rindan kamida 243 o‘ringa ega bo‘ladi.

Partiyaning koalisiyadagi hamkori — Innovasiyalar partiyasi bilan birgalikda esa LDP 310 o‘rinni qo‘lga kiritib, konstitusiyaviy ko‘pchilikni ta’minlaydi.

So‘rovnomalar Takaichi partiyasining ishonchli g‘alabasini va parlamentda barqaror konservativ koalision ko‘pchilik shakllanishini oldindan bashorat qilgan edi.

Kiritildi: 23:32 08.02.2026. O'qildi: 178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!